Direktga kech javob
Kechasi yoki dam olish kuni yozgan mijozga javob ertasi kuni boradi. Bu vaqtda u raqobatchidan sotib olib bo'ladi.
Sayt, internet-do'kon, Telegram bot va Instagramda 24/7 javob beradigan AI-sotuvchi — barchasi bitta tizimda, buyurtmalarni boshqaradigan admin panel bilan. Kalit topshirish asosida.

Instagram · AI-sotuvchi
02:14Assalomu alaykum, bu sumka bormi? Narxi qancha?
Va alaykum assalom! Ha, bor 😊 Narxi 459 000 so'm. Bugun buyurtma bersangiz, ertaga yetkazib beramiz. Rasmiylashtiraymi?
Muammo
Ko'p bizneslar reklamaga pul sarflaydi, lekin mijoz yozganidan keyin uni yo'qotib qo'yadi. Sabab — mahsulot emas, jarayon.
Kechasi yoki dam olish kuni yozgan mijozga javob ertasi kuni boradi. Bu vaqtda u raqobatchidan sotib olib bo'ladi.
Faqat Instagram sahifasi bilan katta mijoz sizni jiddiy qabul qilmaydi. Narx, katalog, to'lov — hammasi "direktga yozing".
Qaysi buyurtma to'landi, qaysi mahsulot tugadi, kim qaytib keldi — hech kim aniq bilmaydi. Pul sizib chiqib ketadi.
Bir xil 20 ta savolga har kuni qo'lda javob berish — qimmat, sekin va xatolarga to'la.
Hisoblab ko'ring
O'z raqamlaringizni kiriting — javobsiz qolgan murojaatlar sababli oyiga qancha sotuvni yo'qotayotganingizni ko'rasiz.
Oyiga yo'qotilayotgan taxminiy sotuv
21 600 000
so'm
Taxminiy hisob. Aniq raqamni bepul auditda birga hisoblaymiz.
Yechimlar
Biz alohida "sayt" yoki "bot" sotmaymiz. Biznesingiz uchun ishlaydigan tizim quramiz: mijoz topiladi, javob oladi, buyurtma beradi, siz esa hammasini bitta paneldan ko'rasiz.
Direkt va chatlarga 24/7 javob beradi, narx va mavjudlikni aytadi, buyurtmani rasmiylashtiradi, murakkab savolni operatorga uzatadi.
Katalog, savat, Click/Payme yoki karta orqali to'lov, yetkazib berish va buyurtma holati Telegramda.
Buyurtmalar, ombor qoldig'i, mijozlar, promo-kodlar, sharhlar va tushum hisobotlari — bitta ekranda.
Telegram ichida to'liq do'kon yoki xizmat: katalog, buyurtma, to'lov, bildirishnomalar — ilova o'rnatmasdan.
Ko'p sotuvchili platforma: sotuvchi kabinetlari, komissiya, moderatsiya va hisobotlar.
Reklamadan kelgan odamni mijozga aylantiradigan, tez yuklanadigan premium sayt. SEO va analitika bilan.
iOS va Android uchun ilova — do'koningiz yoki xizmatingiz mijoz telefonida doim yonida.
Qanday ishlaydi
01Sayt yoki do'kon
Mijoz reklamadan kiradi va brendingizga mos, tez ochiladigan sahifani ko'radi.
Ishlarimiz
Har biri real biznes, real foydalanuvchilar bilan ishlayapti. Havolani bosib, o'zingiz sinab ko'ring.
Kiyim, kosmetika va aksessuarlar do'koni — boshqaruv tizimi bilan
Mijoz uchun 3 tilli do'kon, egasi uchun esa tushum, buyurtmalar, ombor qoldig'i, promo-kodlar va sharhlarni ko'rsatadigan admin panel. To'lov tasdig'i 15 daqiqada, buyurtma holati Telegramda.
Xalqaro ta'lim va viza konsalting kompaniyasi
Brendga mos premium dizayn, animatsiyali hero, 3 tilli kontent va ariza qoldirish oqimi — konsalting xizmatiga ishonch uyg'otadigan sayt.
O'zbek tilida Linux kursi — brauzerda haqiqiy terminal bilan
Video darslar, brauzer ichidagi laboratoriya va avtomatik tekshiriladigan topshiriqlar. Shogird kabinetida geymifikatsiya: XP va darajalar, tangalar, izchillik seriyasi, reyting, modullar xaritasi va mentor. Murakkab texnik mahsulot — oddiy va qiziqarli tajribada.
Jarayon
Ehtiyojingizni tushunmasdan yechim taklif qilmaymiz. Shuning uchun har bir loyiha bepul auditdan boshlanadi.
30 daqiqalik suhbat: qanday sotasiz, mijoz qayerdan keladi, qayerda yo'qoladi. Telegramda yoki onlayn qo'ng'iroqda.
Sizning biznesingizga mos tizim rejasini tayyorlaymiz: nima quriladi, qanday natija kutiladi, qancha muddatda.
Narx shu bosqichda — ehtiyoj aniq bo'lganda aytiladi
Shartnoma, aniq muddatlar. Jarayonni muntazam demo orqali ko'rib borasiz — oxirida syurpriz bo'lmaydi.
Domen, server, to'lov, analitika — hammasini sozlab, jamoangizni o'rgatamiz. Keyin ham yoningizdamiz.
Narx haqida
"Sayt qancha turadi?" savoli "mashina qancha turadi?" savoliga o'xshaydi. Sizga oddiy landing kerakmi yoki do'kon, to'lov, bot va admin panel bilan to'liq tizimmi — buni tushunmasdan aytilgan narx yo ortiqcha, yo yolg'on bo'ladi.
Kafolatlarimiz
Nima, qachon va qancha — hammasi qog'ozda. Og'zaki va'da yo'q.
Domen, server, manba kod va admin kirishlari sizning nomingizda.
Muntazam demo va hisobot. Loyiha qayerda turganini doim bilasiz.
Texnik yordam va rivojlantirish — sayt ishlab tursa, biz ham yoningizdamiz.
Tezroq boshlamoqchimisiz? Tayyor yechimni brendingizga moslab, qisqa muddatda ishga tushiramiz.
Savollar
Ehtiyojingizga bog'liq. Bepul auditda nima kerakligini aniqlaymiz, yechimni ko'rsatamiz va shundan keyin aniq narxni yozma ravishda beramiz. Keraksiz narsa uchun to'lamaysiz.
Loyiha hajmiga qarab. Aniq sana auditdan keyin taklifda va shartnomada yoziladi. Tezroq kerak bo'lsa, tayyor yechimlarimizdan birini moslab beramiz.
Ha, ko'pincha arzonroq. Lekin savol — sayt yasalgandan keyin kim javob beradi? Biz shartnoma, muddat, texnik yordam va biznesingizni tushunadigan jamoa bilan ishlaymiz. Arzon sayt mijoz olib kelmasa, u eng qimmat sayt bo'ladi.
AI faqat siz bergan ma'lumot — narxlar, mavjudlik, yetkazish shartlari asosida javob beradi. Bilmagan yoki murakkab savolni operatorga uzatadi. Barcha suhbatlarni panelda ko'rib turasiz.
Sizniki. Domen, server, manba kod va admin kirishlari sizning nomingizga topshiriladi.
Jamoangizni o'rgatamiz, texnik yordam beramiz va biznesingiz o'sishi bilan tizimni rivojlantirib boramiz.
Telegramga yozing — 30 daqiqalik bepul auditda mijozlaringiz qayerda yo'qolayotganini va buni qanday tuzatish mumkinligini ko'rsatamiz.